2025-yilgi Mayami Gran-prisi joriy mavsumdagi ikkinchi sprint formatidagi poyga bo‘ladi.
Formula-1ning oltinchi bosqichi uchun zaxira qilingan vaqt jadvali e'lon qilindi. Mayami Gran-prisi (2025), Formula-1, 6-bosqich:
2 may, juma:
Birinchi erkin mashg‘ulot (FP1) — 21:30
Sprint saralash — 01:30 (Toshkent vaqti bilan 3 may)
3 may, shanba:
Sprint — 21:00
Asosiy saralash — 01:00 (Toshkent vaqti bilan 4 may)
4 may, yakshanba:
Mayami Gran-prisi — 00:00
2021-yildan buyon Formula-1da eksperimental formatdagi bosqichlar o‘tkazib kelinmoqda, ularga sprint poygasi kiritilgan. 2025-yilgi mavsumda ana shunday formatdagi bosqichlar Xitoy, Mayami, Belgiya, Ostin, Braziliya va Qatarda belgilangan.
Juma kuni faqatgina bitta mashg‘ulot o‘tkaziladi, shundan so‘ng sprint uchun saralash bo‘lib o‘tadi. Bu saralash uch qismdan iborat:
SQ1 — 12 daqiqa (o‘rtacha shina, Medium)
SQ2 — 10 daqiqa (Medium)
SQ3 — 8 daqiqa (yumshoq shina, Soft)
Bu saralashdagi jarimalar faqat sprintga taalluqli bo‘ladi. Shanba kuni ertalab qisqartirilgan masofadagi sprint o‘tkaziladi (asosiy poyganing 30 foizi). Birinchi sakkiz nafar pilot ochko oladi: 8-7-6-5-4-3-2-1. Sprintda ko‘rsatilgan eng tez aylanish natijaga ta'sir qilmaydi. Sprintda olingan jarimalar esa yakshanbadagi asosiy poygada hisobga olinadi.
Kunning keyingi qismida esa an'anaviy saralash bo‘lib o‘tadi — u yakshanbadagi Gran-prining start pozitsiyasini belgilaydi.