locale OZ

2025-yilning so‘nggi musobaqasi – baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O‘zbekiston kubogiga start beriladi

Yurtimizning eng mahoratli baydarka va kanoechilari jam bo‘lib, aynan ular ushbu murakkab va tomoshabop sport turida gʼolib va sovrindorlarni aniqlaydilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2025-yilning so‘nggi musobaqasi – baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha O‘zbekiston kubogiga start beriladi
photo: Akademik eshkak eshish

26–28-noyabr kunlari Toshkent dengizida baydarka va kanoeda eshkak eshishning marafon masofalari bo‘yicha mamalakat kubogi bo‘lib o‘tadi.

Yurtimizning eng mahoratli baydarka va kanoechilari jam bo‘lib, aynan ular ushbu murakkab va tomoshabop sport turida gʼolib va sovrindorlarni aniqlaydilar.

Uch kun davomida ishtirokchilar turli yoʼnalishlarda bellashib, uzoq masofalarni bosib oʼtishadi. Bu turda nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki toʼgʼri taktika, barqarorlik, diqqat va e’tibor talab etiladi. Marafon masofalari bo‘yicha mamlakat kubogi – xarakter, mahorat va kuchni toʼgʼri taqsimlay olishni sinovdan oʼtkazadigan musobaqadir.

Oʼzbekiston kubogi sportchilar uchun kelgusi mavsumga tayyorgarlikning muhim bosqichi boʼlib, yana bir bor Oʼzbekiston baydarka va kanoeda eshkak eshish maktabining yuqori salohiyatini namoyish yetish imkonini beradi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting