locale OZ

2025-yil 4–7 noyabr kunlari Gongkong shahrida Xalqaro yilqichilik federatsiyasi (FEI)ning navbatdagi Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda

"FEI bosh assambleya"da O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2025-yil 4–7 noyabr kunlari Gongkong shahrida Xalqaro yilqichilik federatsiyasi (FEI)ning navbatdagi Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda
photo: Ot sporti Uzbekistan

Xalqaro ot sporti federatsiya tomonidan tashkil etilgan "FEI bosh assambleyasi"da O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi rahbariyati ishtirok etadi.

Sana: 4–7 noyabr 2025-yil
Joy: Gongkong shahri

2025-yil 4–7 noyabr kunlari Gongkong shahrida Xalqaro yilqichilik federatsiyasi (FEI)ning navbatdagi Bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli mamlakatlaridan ot sporti sohasining yetakchi vakillari, mutaxassislar hamda xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasidan ushbu anjumanda federatsiya raisi Gaziyev Bahromjon va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Akbar ishtirok etmoqdalar.
Assambleya kun tartibida joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglanadi, FEI a’zolari o‘rtasida tajriba almashinuvi va hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etiladi. Shuningdek, kelgusi yil uchun ustuvor yo‘nalishlar, xalqaro musobaqalar taqvimi hamda global ot sporti rivojiga oid tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur anjumanda mamlakatimizda ot sporti va yilqichilik sohasini rivojlantirish, yosh sportchilarni tayyorlash, xalqaro standartlarni joriy etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot beradi hamda FEI bilan hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting