locale OZ

“2025 Freestyle Chess Grand Slam Paris” turniri yakunlandi. Nodirbek Abdusattorov...

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“2025 Freestyle Chess Grand Slam Paris” turniri yakunlandi. Nodirbek Abdusattorov...
FОТО: Chess.com

Fransiya poytaxti Parij shahrida tashkil etilgan “2025 Freestyle Chess Grand Slam Paris” turniri o'z yakuniga yetdi.

Ushbu nufuzli musobaqada O'zbekistonning birinchi raqamli grossmeysteri Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etib, 8-o'rin hamda 20 000 dollar pul mukofotini qo'lga kiritdi.

Turnir g'olibligi esa jahonning birinchi raqamli grossmeysteri norvegiyalik Magnus Karlsenga nasib etdi. U final bosqichida Hikaru Nakamurani mag'lub etib, 200 000 dollar yutuqni o'zini qilib oldi.

Eslatib o'tamiz, Nodirbek Abdusattorov turnir boshlanishiga atigi bir kun qolganida taklif qilindi. Hamyurtimiz musobaqada ishtirok etishni rad etgan Hans Nimann o'rnini egallagandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting