20-Osiyo o‘yinlarida Kurash bahslarining so‘nggi kuni o‘z g‘oliblarni aniqladi
20-Osiyo o‘yinlarida Kurash bahslarining so‘nggi kuni o‘z g‘oliblarni aniqladi
Aichi–Nagoyada o‘tkazilayotgan 20-Osiyo o‘yinlarining Kurash dasturi so‘nggi kun bellashuvlari bilan yakunlandi. Aichi prefekturasi Yakkakurashlar saroyida erkaklar o‘rtasida -66 kg, ayollar o‘rtasida +87 kg vazn toifalarida qit’aning kuchli polvonlari medallar uchun bahs olib bordi. Mazkur vazn toifalari Osiyo o‘yinlarining Kurash dasturidagi so‘nggi ikki kategoriya bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasidagi -66 kg vazn toifasida hal qiluvchi final bahsi Eron va Tojikiston vakillari o‘rtasida kechdi. Eronlik Majid Vahid Barimanlu tojikistonlik Yosin Bobokalonov ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Undan avvalgi yarim finallarda Vahid Barimanlu Qirg‘iziston vakili Kubanichbek Aybek uuluni 3:0, Yosin Bobokalonov esa yurtdoshi Sarvar Abdushukurovni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Ayollar o‘rtasidagi +87 kg vazn toifasida esa Koreya Respublikasi vakili Kim Min-young oltin medalga sazovor bo‘ldi. U finalda Xitoy Taypeyi polvoni Shih Liu-li-ling ni yonbosh bahosi bilan mag‘lub etdi. Bu natija Koreya Respublikasi uchun Osiyo o‘yinlaridagi Kurash bo‘yicha ilk oltin medal bo‘ldi.
Yarim finalda Kim Minyon Qozog‘iston vakili Araylim Shegenovani kichik ustunlikda yenggan bo‘lsa, Shih Liu-li-ling Eronlik Fatemeh Barmaki Kordkolaee taslim etib, finalga yo‘l oldi.
Uch kunlik bahslar yakuniga ko‘ra, Kurash bo‘yicha Osiyo o‘yinlarida 10 ta mamlakat vakillari medallarga ega bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin va 2 ta bronza medal bilan umumiy jamg‘armada peshqadamlik qildi. Eron 1 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza, Janubiy Koreya 1 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘lga kiritdi. Xitoy Taypeyi va Tojikiston vakillari 2 tadan kumush va 1 tadan bronza, Yaponiya hamda Qozog‘iston 2 tadan bronza, Hindiston, Qirg‘iziston va Tailand polvonlari esa 1 tadan bronza medal bilan taqdirlandi.
Shu bilan 20-Osiyo o‘yinlaridagi Kurash bellashuvlari o‘z g‘olib va sovrindorlarini aniqlab, tarix sahifasidan munosib o‘rin oldi.
So‘nggi kun g‘olib va sovrindorlari
Erkaklar (-66 kg)
1. Vahid Barimanlou Majid (Iran)
2. Bobokalonov Yosin (Tajikistan)
3. Aibek Uulu Kubanychbek (Kyrgyzstan)
3. Abdushukurov Sarvar (Tajikistan)
Ayollar (+87 kg)
1. Kim Minyoung (Republic of Korea)
2. Shih Liu Li-ling (Chinese Taipei)
3. Fatemeh Barmaki Kordkolaee (Iran)
3. Shegenova Arailym (Kazakhstan)