20-Osiyo o‘yinlari Kurash bellashuvlariga 10 kun qoldi
20-Osiyo o‘yinlari Kurash bellashuvlariga 10 kun qoldi
Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlari mezbonlik qilayotgan 20-Osiyo o‘yinlari qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Musobaqalarning ilk kunlaridayoq qator jamoaviy sport turlari bo‘yicha bahslar start oldi va qit’aning eng kuchli sportchilari medallar uchun kurashni boshlab yubordi.
O‘yinlar dasturiga muvofiq, Kurash bo‘yicha bellashuvlar 27-sentabr kuni start oladi. Qadimiy va navqiron sport turi bo‘lgan Kurash yana bir bor Osiyoning eng nufuzli sport maydonlaridan birida o‘zining betakror jozibasini namoyon etadi.
Uch kun davom etadigan musobaqalarda qit’amizning eng sara polvonlari Osiyo o‘yinlari chempionligi uchun Kurash gilamiga chiqadi. Bellashuvlar 27, 28 va 29-sentabr kunlari Aichi Prefectural Martial Arts Hall sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
20-Osiyo o‘yinlarida Kurash bahslari 6 ta vazn toifasida tashkil etiladi. Har bir vaznda kuch, mahorat, iroda va yuksak sport ruhi sinovdan o‘tadi.
Kurash oilasi uchun muhim tarixiy lahzalar yaqinlashmoqda. Endi sanoqli kunlardan so‘ng Osiyoning eng kuchli polvonlari qit’a Olimpiadasi shohsupasi sari o‘z yurishlarini boshlaydilar.