17-aprel kuni Universal Horses Stable ot sporti majmuasida Global Tour 2026 musobaqasining 3-bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi
Global Tour 2026: 3-bosqich
17-aprel kuni Universal Horses Stable ot sporti majmuasida Global Tour 2026 musobaqasining 3-bosqichi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Ushbu bosqichda 100 dan ortiq chavandoz va otlar ishtirok etdi. Mazkur musobaqani bemalol xalqaro darajadagi musobaqa deb atash mumkin. Sababi, ushbu kunlarda mamlakatimizga 🇰🇿Qozog‘istondan sportchilar tashrif buyurib, musobaqada faol qatnashdilar. Ular yaqin kunlarda o‘tkaziladigan Jahon kubogi bosqichida ishtirok etish uchun kelgan bo‘lsalar-da, Global Tour doirasida ham o‘z mahoratlarini namoyish etdilar.
3-bosqich g‘oliblari:
A toifa (130 sm):
1-o‘rin — Olimjanov Xurshid (Chempion Lig)
2-o‘rin — Erkinov Alisher (Kuldensеr)
3-o‘rin — Rozmuhamedov Bekzod (Akdarus)
D toifa (120 sm):
1-o‘rin — Bayjanov o‘g‘li Beyjan (King Deiman)
2-o‘rin — Shokirov Dilshod (Lublerouj)
3-o‘rin — Negmatov Ashrafxon (Sweet and Sour)
B toifa (115 sm):
1-o‘rin — Tuyakbayev Nurjan (Cold Play)
2-o‘rin — Erkinov Alisher (Bakarat)
3-o‘rin — Olimjanov Xurshid (Lavin)
C toifa (100 sm, bolalar):
1-o‘rin — Nazarova Sevinch (Elis Ji)
2-o‘rin — Azimova Farzona (Armani)
3-o‘rin — Shukurov Saydali (Kornet BS)
E toifa (100 sm):
1-o‘rin — Erkinov Alisher (Golden Star)
2-o‘rin — Yuldashev Ibrohim (Gans)
3-o‘rin — Xotambekov Jasurbek (Gratsiya)
F toifa (90 sm):
Boshlovchi chavandozlar:
1-o‘rin — Salaev Elbek (Leffe)
2-o‘rin — Fayz Yusra (Karida)
3-o‘rin — Shermuhammedov Toxir (Djinjer)
Boshlovchi otlar:
1-o‘rin — Davronbekov Firdavsbek (Ridjina)
2-o‘rin — Erkinov Alisher (Chaman)
3-o‘rin — Usmanov Ulug‘bek (Chempion Lig II)
Barcha g‘olib va sovrindorlarni samimiy tabriklaymiz! Ularga kelgusi startlarda ham omad va yangi zafarlar tilaymiz!