locale OZ

15-mart kuni ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI xalqaro styuardlari uchun seminar va imtihon bo‘lib o‘tdi

Imtihon natijalariga ko‘ra, O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan Inna Tokmakova va Yana Pavliva o‘z malakalarini muvaffaqiyatli tasdiqladilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
15-mart kuni ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI xalqaro styuardlari uchun seminar va imtihon bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

15-mart kuni ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha FEI xalqaro styuardlari uchun seminar va imtihon bo‘lib o‘tdi.

15-mart kuni xalqaro ot sport federatsiyasining taqvim rejasiga asosan ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro styuardlar uchun onlayn o‘quv seminari va attestatsiya tashkil etildi.

Seminar davomida FEI qoidalaridagi dolzarb o‘zgarishlar, reglamentlarni amaliy qo‘llash masalalari, shuningdek, xalqaro musobaqalarda styuardlar faoliyatining asosiy jihatlari ko‘rib chiqildi va yangi qonun-qoidalar bilan tanishtirildi. O‘quv qismi yakunlangach, ishtirokchilar malakani tasdiqlash va amaldagi litsenziyani uzaytirishga qaratilgan attestatsiya imtihonidan o‘tdilar.

photo: ot sporti

Imtihon natijalariga ko‘ra, O’zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi tomonidan Inna Tokmakova va Yana Pavliva o‘z malakalarini muvaffaqiyatli tasdiqladilar. FEI talablariga muvofiq, ularga xalqaro styuard litsenziyasini 3 yil muddatga — 2029-yilgacha uzaytirishni tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Bunday tadbirlarni o‘tkazish ot sportida rasmiy shaxslarning yuqori darajadagi professional kompetensiyasini ta’minlash va qo‘llab-quvvatlash tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting