locale OZ

14 may kuni — og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida hal qiluvchi kun!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Xitoyning Jiangshan shahrida davom etayotgan kattalar o'rtasidagi og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati hal qiluvchi bosqichga yaqinlashmoqda. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, bugun qit’a birinchiligi doirasida 4 nafar yurtdoshimiz jang maydoniga chiqadi. Ular orasida Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev ham bor.

Toshkent vaqti bilan soat 11:48 da ayollar o‘rtasidagi -87 kg vazn toifasida “A” guruh bahslari boshlanadi. Unda yurtdoshlarimiz Nigora Suvonova va Tursunoy Jabborova yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Erkaklar o‘rtasidagi -109 kg vazn toifasidagi bahslar esa soat 15:48 da start oladi. Bu bellashuvlarda Olimpiada chempioni Akbar Jo‘rayev va tajribali sportchi Sharofiddin Amriddinov g‘alaba uchun kurash olib borishadi.

Bugungi kundan medallar kutyapmiz — atletlarimizni qo‘llab-quvvatlaylik!

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting