14-24 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida uchinchi mavsum Global Chess League bahslari bo‘lib o‘tadi
Dunyodagi eng kuchli grossmeysterlar yana bitta superliga atrofida jamlanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Chess Uzbekistan
14-24 dekabr kunlari Hindistonning Mumbay shahrida uchinchi mavsum Global Chess League bahslari bo‘lib o‘tadi. Dunyodagi eng kuchli grossmeysterlar yana bitta superliga atrofida jamlanadi.
Mukofot jamg‘armasi: 1 000 000 AQSh dollari.
Har bir jamoada 6 nafar shaxmatchi:
kamida 2 ta ayol;
kamida 1 nafar yosh (U-21) o‘yinchi.
Jamoalar bir-biri bilan aylanma tizimda ikki martadan o‘ynaydi.
Umumiy turlardan so‘ng eng ko‘p ochko to‘plagan 2 jamoa finalda chempionlik uchun kurashadi.
Javohir Sindarov bu mavsumda Global Chess League’da ishtirok etadi va o‘z jamoasining yetakchi kuchlaridan biri bo‘ladi. Freestyle Chess’dagi yorqin o‘yinlardan keyin Javohirdan bu ligada ham katta g'alabalar kutish mumkin!
Ibrohim Jalolov
Redaktor