locale OZ

13-yanvar kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Davlat sport akademiyasi huzuridagi Institut oʻrtasida memorandumi imzolandi

Mazkur memorandum Institut rektori Amonov Asqar Nomozboyevich hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziev Baxromjon Valievich tomonidan imzolandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
13-yanvar kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Davlat sport akademiyasi huzuridagi Institut oʻrtasida memorandumi imzolandi
photo: Ot sporti Uzbekistan

13-yanvar kuni Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi hamda Davlat sport akademiyasi huzuridagi Institut oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Davlat sport akademiyasi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum Institut rektori Amonov Asqar Nomozboyevich hamda Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziev Baxromjon Valievich tomonidan imzolandi.
Hujjat tomonlar oʻrtasida ot sportining to’siqlardan sakrash, uchkurash, ot yo’rttirish yo’nalishlarida kadrlar tayyorlash, trener va mutaxassislarning malakasini oshirish, ilmiy-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy taʼlim jarayonlarini joriy etishga qaratilgan.

Memorandum doirasida trenerlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyatini tashkil etish, xalqaro ot sporti federatsiyasi tomonidan ot sporti qoidalariga o’zgartirish kiritilgan holatlarda o'zgartirilgan qoidalar bo’yicha
Institutga yozma ma'lumot yoki seminar tashkil qilib berish, federatsiyaning yetakchi mutaxassislarini oʻquv jarayoniga jalb qilish belgilandi. Shuningdek, ot sportiga oid oʻquv adabiyotlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, testlar va ilmiy maqolalarni birgalikda tayyorlash va yangilab borish nazarda tutilgan.

Tomonlar sport pedagogik mahoratini oshirish, nazariy va amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish, malakali trener va mutaxassislarni o‘quv jarayonlariga jalb etish, shuningdek, ilmiy va xalqaro tajriba almashuvini rivojlantirish boʻyicha hamkorlik qiladi.

Bundan tashqari, Institutning Fargʻona, Samarqand va Nukus filiallarida tashkil etiladigan malaka oshirish kurslarida Federatsiyaning hududiy boʻlimlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish ham memorandumda alohida belgilab oʻtilgan.

Mazkur memorandum Oʻzbekistonda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, soha mutaxassislarining kasbiy salohiyatini oshirish hamda zamonaviy taʼlim va sport tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting