locale OZ

12 yoshli Faustino Oro dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster bo'ldi

Bu shaxmat tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
12 yoshli Faustino Oro dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster bo'ldi
photo: Chess Uzbekistan

12 yoshli Faustino Oro dunyodagi eng yosh ikkinchi grossmeyster bo'ldi.

Sardiniyada o‘tayotgan turnir shaxmat olamiga yangi rekordchini taqdim etdi. Argentinalik 12 yoshli Faustino Oro grossmeysterlik unvoni uchun so‘nggi, uchinchi normani muddatidan oldin bajardi.

Qiziqarli tomoni shundaki, so‘nggi tur oldidan Faustinoning hisobida 8 imkoniyatdan 6 ochko bor edi va oxirgi normani olish uchun u so‘nggi turda durang o‘ynashi shart edi. Biroq qur’aga ko‘ra, u so‘nggi turda turnirning asosiy favoriti Yan Nepomnyashiy (2729) bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Raqibning reytingi o‘ta yuqoriligi sababli, Faustino hatto bu partiyada mag‘lub bo‘lgan taqdirda ham, uning turnirdagi o‘rtacha ko‘rsatkichi (TPR) 2600 dan pastga tushmaydi. Bu esa avtomatik ravishda grossmeysterlik normasi bajarilganini anglatadi!

Shunday qilib, Faustino Oro 12 yosh 6 oy va 26 kunligida grossmeyster unvoniga erishdi. Bu shaxmat tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. U 1-o'rinda turgan Abhimanyu Mishradan bor-yo‘g‘i ikki oyga ortda qoldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting