locale OZ

1–2 iyun kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida II O‘zbekiston–Xitoy mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tmoqda

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Samarqand shahrida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim, fan va texnologiyalar sohasidagi innovatsion hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan yirik forum o‘z ishini boshladi. Nufuzli tadbirda Xitoyning Shensi provinsiyasi va O‘zbekistonning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida qator hamkorlik bitimlari imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Rashid Matkarimov ham tadbirda qatnashdi va Sian jismoniy tarbiya universiteti rahbari janob Lyu Zishi bilan talabalar almashinuvi bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Ushbu kelishuv ikki mamlakat yoshlari o‘rtasida sport ta’limi sohasida akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting