locale OZ

10-mart sanasida start oladigan 9-turda 900-golni ko‘ramizmi?

Mazkur tur bahslari 10-mart sanasidan boshlanib, 13-mart kuni poyoniga yetadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
10-mart sanasida start oladigan 9-turda 900-golni ko‘ramizmi?
Фото: Ўзбекистон футзали

Xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati — Oliy liga jamoalarining navbatdagi 9-tur uchrashuvlariga Jizzax viloyati futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi. Mazkur tur bahslari 10-mart sanasidan boshlanib, 13-mart kuni poyoniga yetadi.

Avvalgi ikki davrada farqli o‘laroq uchinchi – yakunlovchi davrada taqvim teskari proporsiya ko‘rinishida tashkillashtiriladi. Ya’ni 9-tur qisqa – 12 ta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Oxirgi uchta turda esa jamoalar 18 tadan o‘yin o‘tkazishadi. Eng so‘nggi – 12-tur hamda chempionat g‘olib hamda sovrindorlarini taqdirlash marosimi poytaxtimizda – may oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Andijonda bo‘lib o‘tgan 8-turda muxlislar mavsumning 800-golining shohidi bo‘lishgandi. Bu yubiley goli SQB – “Nasaf” uchrashuvida bankirlar hujumchisi Dilmurod Shavkatov tomonidan kiritilgandi. Navbatdagi dovon 900-gol. Biz Jizzaxda bo‘ladigan turda yana yubiley goli guvohiga aylanamizmi?

Anchayin qiyin masala. 8-turdan keyingi yakuniy ko‘rsatkich – 825 ta golni tashkil etmoqda. Demak, yubiley goliga yetib olish uchun jamoalar g‘ayrat qilishi va 75 ta gol kiritishlari darkor. Ammo 10 ta o‘yinda buning uddasidan chiqish mushkul. Zero, so‘nggi turlarda biz sermahsullik emas, aksincha mustahkam himoya qo‘rg‘oniga ega uchrashuvlarni ko‘proq kuzatyapmiz. Shu ma’noda, 900-gol masalasi 10-turga qolishi ehtimoli katta.

Shu o‘rinda XXIX milliy chempionatimizning barcha yubiley gollarini yodga olsak.

Yubiley gollar kimlarga nasib qilgan?

100-gol — Alayor Sadirov
(“Dinamo” — “Qizilqum”, 30-daqiqa)
200-gol — Henrike Suares Gimaraesh
(OKMK — “Qizilqum”, 17-daqiqa)
300-gol — Ernest Saipidinov
(“Nasaf” — BMB, 15-daqiqa)
400-gol — Shomansur Shobahromov
(“Qizilqum” — “Surxon”, 26-daqiqa)
500-gol — Paharo Simankis Xose Grigorio
(SQB → “Qizilqum” darvozasi, 15-daqiqa)
600-gol — Fazliddin Botirov
(OKMK — “Surxon”, 25-daqiqa)
700-gol — Fernando Rodriges de Souza
(“Qizilqum” — “Bunyodkor”, 18-daqiqa)
800-gol — Dilmurod Shavkatov
(SQB — “Nasaf”, 32-daqiqa)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting