locale OZ

05–06 oktyabr kunlari basketbol 3x3 musobaqalari boʻlib oʻtadi

Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon ishtirok etadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
05–06 oktyabr kunlari basketbol 3x3 musobaqalari boʻlib oʻtadi
Photo: gettyimages

25-sentabrdan 8-oktyabrgacha 2025-yilda Ozarbayjonda III MDH davlatlari oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.

Musobaqalar 23 sport turi boʻyicha oʻtkazilmoqda: (stol tennisi, stend otish, badminton, futbol, oʻq otish, suzish, voleybol, erkin kurash, ayollar kurashi, yunon-rum kurashi, basketbol 3x3, qilichbozlik, sambo, dzudo, taekvondo WT, akademik eshkak eshish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, karate, badiiy gimnastika, batut, chovgan (an’anaviy ot oʻyini), kamondan otish va boks.
Musobaqalar Ozarbayjonning 6 shahrida boʻlib oʻtmoqda (Ganja, Shaki, Gabala, Yevlax, Mingachevir, Goygol va Xankandi).

05–06 oktyabr kunlari basketbol 3x3 musobaqalari boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va Ozarbayjon jamoalari ishtirok etadi.

Yoshlar Guruhi A (Rossiya, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston)
Guruhi B (Oʻzbekiston, Turkmaniston, Belarus, Qozogʻiston)

Qizlar: (Ozarbayjon, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya, Belarus)

Bizning mamlakatimizni basketbol 3x3 boʻyicha yigʻma jamoalar – yoshlar va qizlar terma jamoalari himoya qilmoqda.

Jamoa tarkibi
Yoshlar U17 ⛹🏻‍♂️
Xodjaev Timur
Igamberdiyev Alisher
Davletyarov Damir
Toychiyev Ali

Qizlar U17
Salimova Rayhona
Komilova Maftuna
Mamirova Sevinch
Abdukarimova Muxarramoy

Murabbiylar: Navoychik A.A. va Navoychik A.Ya.
Delegatsiya rahbari: Miradilov B.M.

Oʻyinlar jadvali:
05-oktabr
Yoshlar
11:25 Oʻzbekiston – Turkmaniston
18:15 Oʻzbekiston – Belarus
19:55 Oʻzbekiston – Qozogʻiston

Qizlar
11:50 Oʻzbekiston – Ozarbayjon
13:30 Oʻzbekiston – Rossiya
17:00 Oʻzbekiston – Belarus
19:05 Oʻzbekiston – Qozogʻiston

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting