locale OZ

Xokkey. O‘zbekiston U18 terma jamoasi uchinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Turnir 27-apreldan 3-maygacha Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi.
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xokkey. O‘zbekiston U18 terma jamoasi uchinchi bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi
Фото: Ўзбекистон хоккей федерацияси

O‘zbekiston U18 terma jamoasi xokkey bo‘yicha Osiyo kubogini uchinchi bor qo‘lga kiritib, turnirning eng kuchli jamoasi maqomini ishonch bilan mustahkamladi.

Turnir 27-apreldan 3-maygacha Bishkek shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda jamoamiz barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunladi (Qirg‘iziston — 4:2; Hindiston — 15:1; Mo‘g‘uliston — 7:2; Indoneziya — 13:0 - yarim final; Qirg‘iziston — 3:2 - final).

Ushbu muvaffaqiyat yorqin natijalar ketma-ketligining mantiqiy davomidur:

— 2023-yilda jamoa ilk bor Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilgan Osiyo va Okeaniya kubogida g‘olib bo‘ldi;

— 2024-yilda Toshkentdagi uy muzida ushbu natijani takrorladi;

— 2026-yilda esa uchinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritib, unvonini himoya qildi.

Shuningdek, 2026-yil mart oyida jamoa xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘z divizionida jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Mazkur natija O‘zbekiston Xokkey Federatsiyasining terma jamoalarni tayyorlash va mamlakatda xokkeyni rivojlantirish borasidagi boshqaruv hamda tashkiliy ishlarining yuqori darajada ekanini yaqqol ko‘rsatadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting