locale OZ

Xokkey: Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatining uchinchi divizioniga chiqish uchun Malayziyaga qarshi maydonga tushadi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xokkey: Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatining uchinchi divizioniga chiqish uchun Malayziyaga qarshi maydonga tushadi
Xokkey: Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatining uchinchi divizioniga chiqish uchun Malayziyaga qarshi maydonga tushadi

Armanistonda xokkey boʻyicha IV divizion jahon chempionati yakunlanmoqda. 19-aprel kuni guruh bosqichining soʻnggi uchrashuvlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston terma jamoasi Malayziyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi. Shuningdek, shu kuni Indoneziya — Armaniston va Eron — Quvayt oʻyinlari ham oʻtkaziladi. Toʻrt tur yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Faqatgina guruhda birinchi oʻrinni egallagan jamoa uchinchi divizionga chiqish huquqini qoʻlga kiritadi.

Beshinchi tur oldidan jadval quyidagicha:
1. Oʻzbekiston — 10 ochko (3 gʻalaba, 1 magʻlubiyat), shaybalar nisbati: 61:7
2. Armaniston — 9 ochko (3 gʻalaba, 1 magʻlubiyat), shaybalar nisbati: 39:10
3. Quvayt — 8 ochko (3 gʻalaba, 1 magʻlubiyat)
4. Indoneziya — 6 ochko (2 gʻalaba, 2 magʻlubiyat)
5. Eron — 3 ochko (1 gʻalaba, 3 magʻlubiyat)
6. Malayziya — 0 ochko (4 magʻlubiyat)

Malayziya ustidan qoʻlga kiritiladigan gʻalaba Oʻzbekistonga jahon chempionatining uchinchi divizioniga ilk bor chiqish imkonini beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting