locale OZ

Xokkey. O'zbekiston Indoneziya darvozasiga 26 ta shayba kiritdi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xokkey. O'zbekiston Indoneziya darvozasiga 26 ta shayba kiritdi
FОТО: O'XF

Bugun xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Indoneziya terma jamoasini o‘ta yirik hisobda mag‘lub etdi. Jamoamiz tomonidan yo‘llangan 26 ta shaybaga raqiblar bir marta javob qaytarishdi — 26:1.

O‘zbekiston to‘rt o‘yindan 10 ochko jamg‘arib, Jahon chempionati IV divizionining turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Oldinda bitta o‘yin — shanba kuni turnir autsayderi Malayziya termasiga qarshi o‘yin qoldi. Chempionlikni qo‘lga kiritish uchun istalgan hisobda g‘alaba qozonish kerak, lekin asosiy vaqtda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting