Xokkey. Humo so'nggi turda Alg'a darvozasiga 12 ta shayba yo'lladi
Xokkeychilar Bishkekdagi turnirni g'alaba bilan yakunladi.
Toshkentning Humo xokkey jamoasi Qirg'iz Respublikasida bo'lib o'tgan o'yinlarda ishtirok etdi. Xokkeychilar Bishkek safarini g‘alaba bilan yakunladi.
Tarkibdagi rotatsiyaga qaramay, bugun ham qanotlilar raqib darvozasiga o'nlab shayba kiritishga muvaffaq bo'lishdi.
Yigitlarni g'alaba bilan tabriklaymiz va tez orada bo'ladigan uy o'yinlariga kelishni rejalashtirgan holda Toshkentda kutmoqdamiz.
Xokkey.
O'zbekiston Respublikasi chempionati.
10-noyabr. Dushanba.
Alg'a - Humo 2:12
Ibrohim Jalolov
Redaktor