Xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi
FОТО: O'XF
Xokkey bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor IIHF boshchiligidagi Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Vakillarimiz ushbu nufuzli turnirning IV divizionida o'ynaydi. Musobaqa 13-apreldan 19-aprelgacha Armaniston poytaxti Yerevan shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasiga Armaniston, Quvayt, Eron, Malayziya va Indoneziya termalari raqiblik qiladi. Mamlakatimiz bosh jamoasi turnirga 11-aprel, juma kuni yo'l oladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist