locale OZ

Xokkey bo'yicha Jahon chempionati g'olibi bo'lgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi yurtimizga qaytishdi

O'zbekiston terma jamoasi Isroil jamoasini 6:3 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Xokkey bo'yicha Jahon chempionati g'olibi bo'lgan O‘zbekiston U18 terma jamoasi yurtimizga qaytishdi
Фото: Спорт вазирлиги

Joriy yilning 2-8-mart kunlari Gonkongda oʻtkazilgan xokkey boʻyicha U18 yosh toifasidagi jahon chempionatida jamoamiz 5 ta o‘yinda 5 ta g‘alabani qoʻlga kiritib, yuqoriroq divizion — IIB ga yo‘llanmaga ega boʻldi.

Hal qiluvchi shiddatli bahslarda O'zbekiston terma jamoasi Isroil jamoasini 6:3 hisobida mag'lub etib, oltin medalni qo'lga kiritdi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida muzaffar xokkeychilarimiz Sport vazirligi hamda mamlakat xokkey federatsiyasi mutasaddilari, sportchilarimizning ota-onalari va keng jamoatchilik ishtirokida kutib olindi va ularga keyingi musobaqalarda muvaffaqiyat tilashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting