Toshkentda tug‘ilgan Artur Kaliyev KXL takliflarini rad etdi va “Ottava” bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekistonda tug‘ilgan hujumchi MXL’dagi faoliyatini davom ettiradi
Rasm: Telegram
24 yoshli hujumchi Artur Kaliyev Rossiya klublarining takliflarini qabul qilmadi va KXLda to‘p surishdan yana bir bor bosh tortdi. Bu haqda “Xe — Xokkey!” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kaliyev MXL’ning “Ottava Senators” klubi bilan bir yillik shartnoma tuzgan.
Ma’lumot uchun, Artur Kaliyev Toshkentda tug‘ilgan. Avvalroq u “Nyu-York Reynjers” jamoasi safida harakat qilgan, ammo 2024 yil yanvar oyida klub bilan shartnomasi bekor qilingan edi.
Shu tariqa, hujumchi o‘z faoliyatini MXLda davom ettiradi.
Bakradze Iman
Redaktor