locale OZ

Toʻrt karra Stenli Kubogi gʻolibi Klod Lemyo oʻz joniga qasd qildi

Xokkey olamida ogʻir judolikka uchradi.
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Toʻrt karra Stenli Kubogi gʻolibi Klod Lemyo oʻz joniga qasd qildi
FOTO: Getty Images

Stenli Kubogining toʻrt karra sohibi, kanadalik afsonaviy xokkeychi Klod Lemyo oʻz joniga qasd qildi, deb xabar bermoqda TMZ nashri. Avvalroq uning 60 yoshida vafot etgani haqida maʼlum qilingan edi.

Manbaning taʼkidlashicha, Lemyoning uyga qaytmaganidan xavotirga tushgan voyaga yetgan oʻgʻli uni tungi soat uchlar atrofida oilaviy mebel doʻkonidan topgan. Xokkeychining jasadi doʻkonning orqa tarafidagi omborxonadan topilgan.

Lemyo faoliyati davomida uchta turli jamoa bilan Stenli Kubogini qoʻlga kirita olgan tariqdagi 9 nafar oʻyinchidan biri hisoblanadi. U ushbu nufuzli sovringa «Monreal Kanadiens» (1986), «Nyu-Jersi Devilz» (1995, 2000) va «Kolorado Evelansh» (1996) klublari safida ega chiqqan. 1995 yilda esa hujumchi pley-off bosqichining eng qimmatli oʻyinchisi mukofotini qoʻlga kiritgan.

Kanada terma jamoasi tarkibida esa Lemyo 1985 yilgi yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan, Kanada Kubogi (1987) sohibiga aylangan hamda Jahon Kubogining (1996) kumush medali sovrindori boʻlgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting