locale OZ

«Tashkent open cup» g‘oliblari aniqlandi

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Tashkent open cup» g‘oliblari aniqlandi
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasida sportning chim ustida xokkey turi bo‘yicha o‘smirlar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida "Tashkent open cup" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

200 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqa bellashuv jarayonlarida Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekiston jamoalari ishtirok etdi.

Qizg‘in bahs va murosasiz bellashuvlarga boy o‘tgan turnir natijalariga ko‘ra:

Ayollar o‘rtasida

1-o‘rinni Belarus ayollar jamoasi,
2-o‘rinni O‘zbekiston ayollar jamoasi,
3-o‘rinni Qozog‘iston ayollar jamoasi;

Erkaklar o‘rtasida

1-o‘rinni O‘zbekiston erkaklar jamoasi,
2-o‘rinni Belarus erkaklar jamoasi,
3-o‘rinni O'zbekiston U-21 yoshlar terma jamoasi
egalladi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting