Salohiddin Azimov Shvetsiya klubiga o'tdi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi “Sollentuna U-18” safini to'ldirdi
Rasm: Telegram
O'zbekiston Xokkey federatsiyasi ma'lum qilishicha, terma jamoamizning iqtidorli hujumchisi Salohiddin Azimov Shvetsiyaning “Sollentuna U-18” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Azimov jamoaga qabul tanlovida 14 nafar nomzod orasida o'zini muvaffaqiyatli namoyish etgan.
O'tgan mavsum u yana bir hamyurtimiz Jasurbek Rustamxonov bilan birga Chexiya chempionatida to'p surgan bo'lsa, endi Shvetsiya birinchiligida mahorat ko'rsatadi.
Bakradze Iman
Redaktor