locale OZ

Rossiyalik xokkeychi Aleksandr Alekseev pertsli balloncha qo'llangan holda politsiya tomonidan qo'lga olindi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

"Washington Capitals" jamoasi himoyachisi, rossiyalik xokkeychi Aleksandr Alekseev AQShda politsiya tomonidan qo'lga olindi. Bu voqea 17-may, shanba kuni, barlar yopilgandan keyin Arlington tumanida sodir bo'ldi.

25 yoshli sportchi alkogol taʼsirida bo‘lib, barlar joylashgan hududda yuz bergan janjalda ishtirok etgan. Patrul politsiyasi mushtlashuvni ko‘rib, voqea joyiga yaqinlashgan. Hozirgi maʼlumotlarga ko‘ra, aynan shu paytda Alekseev boshqa bir erkakka zarba bergan va shundan so‘ng politsiya xodimlaridan biri uni to‘xtatish uchun pertsli balloncha ishlatgan.

Aleksandr Alekseev Arlington okrugi qamoqxonasi ga olib ketilgan, keyinchalik ozod qilingan. Sud majlisi sanasi hozircha maʼlum qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Alekseev 2018-yildagi NHL draftida 1-raund, 31-raqam bilan "Washington Capitals" klubi tomonidan tanlab olingan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting