locale OZ

Qozog'istonda Pro Xokkey Ligasi chempionati yakunlandi, unda Toshkentning Humo klubi ham ishtirok etdi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozog'istonda Pro Xokkey Ligasi chempionati yakunlandi, unda Toshkentning Humo klubi ham ishtirok etdi
Qozog'istonda Pro Xokkey Ligasi chempionati yakunlandi, unda Toshkentning Humo klubi ham ishtirok etdi

15 aprel kuni kattalar o'rtasidagi Qozog'iston xokkey chempionatining joriy mavsumi o'z nihoyasiga yetdi. Final bahslarida Ko'kshetauning «Arlan» jamoasi «Torpedo»ni ketma-ket to'rt o'yinda mag'lub etdi (9:2, 6:3, 3:2, 2:1) va Qozog'iston Pro Xokkey Ligasi chempioniga aylandi.

Yarim finalda «Torpedo» Toshkentning «Humo» jamoasini seriyada 5:4 hisobida mag'lub etdi. «Arlan» esa finalga chiqish uchun «Sariarka»ni 4:1 hisobida yengdi.
Shuni ta'kidlash joizki, yarim finalda yutqazgan «Sariarka» va «Humo» jamoalari o'rtasida chempionatning bronza medallari uchun bellashuv o'tkazilishi kerak edi. Biroq Qozog'iston chempionati nizomiga ko'ra, chet el klublari mukofotli o'rinlarni egallay olmaydi. «Humo» faqatgina chempion bo'lish va kubokni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega edi.

Shu sababli uchinchi o'rin uchun o'yin tashkil etilmadi va bronza medallari Qarag'anda viloyatining «Sariarka» klubiga topshirildi. Toshkentning «Humo» klubi 2022/2023 yilgi Pro Hokei Ligasy finalchisi hamda 2023 yilgi Qozog'iston Kubogi sohibidir.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting