locale OZ

Qozog'iston xokkeyida fojia: \"Torpedo\" hujumchisi jamoadoshining o'limida gumonlanmoqda

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Qozog'iston xokkeyida fojia: "Torpedo" hujumchisi jamoadoshining o'limida gumonlanmoqda
Qozog'iston xokkeyida fojia: "Torpedo" hujumchisi jamoadoshining o'limida gumonlanmoqda

Telegram’dagi Sportilinet nashri xabariga ko‘ra, O‘st-Kamenogorsk shahrining "Torpedo" yoshlar jamoasi darvozaboni, 19 yoshli Ivan Pilenkoning vafoti bo‘yicha tergovda yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi — hodisaga klub legioneri Andrey Lagunov aloqador bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, fojia 2024 yil 2 avgust kuni sodir bo‘lgan. Klub ma’lumotiga ko‘ra, Pilenkoga Muz saroyida ahvoli yomonlashgan. Dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatilgan, shifokorlar chaqirilgan, ammo uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan — u kasalxonada vafot etgan. 2022/23 yilgi mavsumda Pilenko asosiy tarkibda ikki o‘yin o‘tkazgan edi.

Keyinroq tergovchilarning ixtiyoriga Pilenko va rossiyalik hujumchi Andrey Lagunov o‘rtasidagi janjal yozib olingan video tushgan. Orda.kz ma’lumotiga ko‘ra, nizo ishlamaydigan havo sovutgich sababli kelib chiqqan. Janjaldan so‘ng Pilenko hushidan ketgan va ko‘p o‘tmay vafot etgan.

Andrey Lagunov 24 yoshda. U 2017 yildan buyon Qozog‘istonda to‘p suradi, "Torpedo" yoshlar jamoasi, MXLdagi "Ladya" va Qarag‘andadagi "Sariarqa" klublarida o‘ynagan. O‘tgan mavsumda "Torpedo" safida 51 o‘yinda qatnashib, 37 (18+19) ochko to‘plagan va Qozog‘iston chempionatida kumush medalga sazovor bo‘lgan.

Himoya va jabrlanuvchi tomon yuristlari ma’lumotiga ko‘ra, tergov yakunlangan. Marhum xokkeychining qarindoshlari tergov Lagunov tomonini qo‘llaganini aytmoqda. Xokkeychining o‘zi esa sud uni aybli deb topsa, jazoga tayyor ekanini bildirgan. Sud majlisi sanasi hali ma’lum qilinmagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting