Oʻzbekistonlik yosh xokkeychilar Tataristonda yigʻin oʻtkazmoqda
U-18 va U-20 terma jamoalarimiz oʻrtoqlik oʻyinlarida magʻlubiyatga uchradi
Rasm: Telegram
Hozirda xokkey boʻyicha Oʻzbekistonning U-18 va U-20 terma jamoalari Tataristonning Almetevsk shahrida oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda.
18 avgust kuni jamoalarimiz navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvlariga chiqishdi.
• U-18 terma jamoasi mahalliy “Neftyanik” klubining 2010 yilda tugʻilgan xokkeychilaridan iborat tarkibiga qarshi bahs olib bordi va 1:20 hisobida yirik magʻlubiyatga uchradi.
• U-20 terma jamoasi esa “Neftyanik”ning U-17 tarkibiga qarshi oʻyinda 1:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bakradze Iman
Redaktor