Oʻzbekiston xokkey terma jamoasi raqibini 25 ta shayba farqi bilan magʻlub etdi
Armanistonning Yerevan shahrida xokkey boʻyicha toʻrtinchi divizion jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston terma jamoasi, ushbu darajadagi musobaqada ilk marta qatnashar ekan, yuqori divizionga chiqish uchun katta qadam qoʻydi.
Turnirning asosiy raqibi sanalgan Armaniston termasi kutilmaganda Kuvaytga yutqazib qoʻydi va bu natija orqali Oʻzbekiston jamoasiga imkoniyat yuzaga keldi. Yakuniga yetgan oʻyinda oʻzbek xokkeychilari Indoneziya termasini 26:1 hisobida magʻlub etdi. Musobaqadagi umumiy shaybalar nisbati - 61:7.
Oʻzbekiston jamoasi chempionatda yana bir oʻyin oʻtkazadi. 19 aprel kuni terma jamoamiz Malayziyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu oʻyindagi gʻalaba jamoamizni Jahon chempionatidagi III divizion (guruh B)ga olib chiqadi. Hozirgi kunda Oʻzbekiston 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Armaniston va Indoneziya jamoalarida 6 tadan ochko mavjud, ammo Indoneziya ikki marta yutqazgan, Oʻzbekiston va Armaniston esa faqat bir martadan magʻlub boʻlgan.
Oʻyin hisobi: Oʻzbekiston — Indoneziya 26:1 (9:1, 10:0, 7:0)
Shaybalar mualliflari:
1:0 — 02:06 Dorofeyev
2:0 — 04:35 Kogan
3:0 — 05:57 Kravchenko
3:1 — 07:25 Salomo
4:1 — 07:58 Azimov
5:1 — 13:02 Dadakhojayev
6:1 — 14:46 Jilov
7:1 — 15:41 Nazarovich
8:1 — 19:23 Golubovich
9:1 — 19:41 Petrosyan
10:1 — 21:11 Nazarovich
11:1 — 27:33 Kravchenko
12:1 — 27:44 Dorofeyev
13:1 — 32:14 Kravchenko
14:1 — 32:34 Rasulov
15:1 — 32:57 Golubovich
16:1 — 34:39 Popov
17:1 — 35:37 Kogan
18:1 — 37:03 Sinyavskiy
19:1 — 39:34 Rustamxonov
20:1 — 40:24 Sinyavskiy
21:1 — 40:36 Jilov
22:1 — 43:47 Azimov
23:1 — 45:59 Dorofeyev
24:1 — 47:34 Rustamxonov
25:1 — 52:07 Jilov
26:1 — 54:54 Popov