locale OZ

O'zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk o'yinida Quvaytni tor-mor etdi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk o'yinida Quvaytni tor-mor etdi
O'zbekiston xokkey terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk o'yinida Quvaytni tor-mor etdi

13 aprel kuni Armanistonning Yerevan shahrida kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining IV divizioni start oldi. Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi birinchi turda Quvaytga qarshi maydonga tushdi. Baxtga qarshi, xokkeychilarimiz jahon chempionatidagi tarixiy debyut o'yinini 13:3 hisobi bilan g'alaba bilan yakunlashdi.

Gol mualliflari: Vadim Kravchenko, Salohiddin Azimov (har biri 3 tadan), Artyom Maltsev (2), Ilya Nazarevich, Pavel Sinyavskiy, Jasurbek Rustamxonov, Javohir Rasulov va Daniyel Kogan. Ikkinchi juftlikda Indoneziya Eronni 2:1 hisobida mag'lub etgach, ayni paytda O'zbekiston jamoasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Keying turda terma jamoamiz Armaniston va Malayziya o'rtasidagi g'olib bilan to'qnash keladi.

Jahon chempionati. IV divizion. Birinchi o'yin
Quvayt – O'zbekiston 3:13 (0:4, 2:5, 1:4)
0:1 – Kravchenko 02:40
0:2 – Kravchenko 05:16
0:3 – Nazarevich 06:39
0:4 – Kravchenko 16:11
1:4 – Buzdevich 22:56
1:5 – Sinyavskiy 24:25
1:6 – Azimov 27:02
1:7 – Rustamxonov 28:28
2:7 – Drojetskiy 31:16
2:8 – Maltsev 34:08
2:9 – Azimov 37:26
2:10 – Rasulov 41:38
2:11 – Maltsev 47:29
2:12 – Kogan 49:35
3:12 – Drojetskiy 50:10
3:13 – Azimov 50:29

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting