locale OZ

O'zbekiston xokkey terma jamoasi Eronni yirik hisobda mag'lub etdi va o'z divizionida birinchi o'rinni egalladi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'zbekiston xokkey terma jamoasi Eronni yirik hisobda mag'lub etdi va o'z divizionida birinchi o'rinni egalladi
O'zbekiston xokkey terma jamoasi Eronni yirik hisobda mag'lub etdi va o'z divizionida birinchi o'rinni egalladi

Kattalar o'rtasidagi xokkey bo'yicha jahon chempionati IV divizionining navbatdagi uchrashuvi yakunlandi. Musobaqa Armanistonning Yerevan shahrida bo'lib o'tmoqda. O'zbekiston terma jamoasi Eronga qarshi maydonga tushdi va raqibini 20:0 hisobida mag'lub etdi. O'zbekiston xokkey federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, bu terma jamoa tarixidagi ilk "quruq" g'alaba bo'ldi.

Uchrashuv davomida o'zbekistonlik xokkeychilar raqib darvozasi tomon aniq 87 marta zarba berishgan. Pavel Sinyavskiy va Vadim Kravchenko to'rttadan shayba kiritishdi. Hozirgi kunda esa Vasiliy Jilov (2+12) va Kravchenko (7+5) eng yaxshi natija qayd etgan o'yinchilar sifatida bombardirlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Jahon chempionati. IV divizion. Uchinchi o'yin
Eron – O'zbekiston 0:20 (0:6, 0:6, 0:8)
Gollar:
0:1 — Golubovich (02:16)
0:2 — Kravchenko (03:14)
0:3 — Jilov (07:40)
0:4 — Maltsev (10:28)
0:5 — Kogan (11:08)
0:6 — Rahimov (12:13)
0:7 — Kravchenko (15:56)
0:8 — Sinyavskiy (21:39)
0:9 — Sinyavskiy (26:10)
0:10 — Kravchenko (26:52)
0:11 — Popov (27:18)
0:12 — Sinyavskiy (30:14)
0:13 — Dadaxo'jayev (32:52)
0:14 — Sinyavskiy (46:30)
0:15 — Dorofeev (46:58)
0:16 — Kogan (49:25)
0:17 — Kravchenko (49:39)
0:18 — Rustamxonov (52:02)
0:19 — Azimov (52:50)
0:20 — Jilov (55:03)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting