locale OZ

Oʻzbekiston xokkey terma jamoasi Armanistonga bullitlar seriyasida magʻlub boʻldi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekiston xokkey terma jamoasi Armanistonga bullitlar seriyasida magʻlub boʻldi
Oʻzbekiston xokkey terma jamoasi Armanistonga bullitlar seriyasida magʻlub boʻldi

Yerevanda kattalar oʻrtasidagi xokkey boʻyicha jahon chempionatining IV divizionida ikkinchi oʻyin kuni yakunlandi. 14 aprel kuni musobaqa doirasida mezbon Armaniston hamda Oʻzbekiston terma jamoalari oʻrtasida bellashuv boʻlib oʻtdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida yakunlandi. Bullitlar seriyasida omad armanistonlik xokkeychilar tomonida boʻldi va ular 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻzbekiston termasi safida Pavel Sinyavskiy va Javohir Rasulov oʻz hissalarini qoʻshishdi.

Oʻzbekiston ishtirok etayotgan guruhdagi boshqa oʻyinlarda:
Quvayt Indoneziyani 15:6 hisobida magʻlub etdi
Eron Malayziya ustidan 5:1 hisobida gʻalaba qozondi

Shu tariqa, Armaniston besh ochko bilan divizonda peshqadamga aylandi, Oʻzbekiston esa toʻrt ochko bilan ikkinchi oʻrinda bormoqda. Oʻzbekiston terma jamoasi navbatdagi oʻyinini 16 aprel kuni Eronga qarshi, musobaqaning uchinchi turida oʻtkazadi.

Jahon chempionati. IV divizion. Ikkinchi oʻyin
Oʻzbekiston – Armaniston 2:3 B (0:0, 2:2, 0:0, 0:0, 0:1)
0:1 – Xudyakov (28:54)
1:1 – Sinyavskiy (36:04)
2:1 – Rasulov (36:37)
2:2 – Kuznetsov (37:23)
2:3 – Kuznetsov (bullit, 65:00)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting