O‘zbekiston ilk bor xokkey bo‘yicha JChda ishtirok etadi. O‘yinlar jadvali
13-19 aprel kunlari Yerevan shahrida (Armaniston) xokkey bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi tarixda birinchi marta bu musobaqada qatnashadi.
O‘yinlar to‘rtinchi divizionda, uchinchi divizionda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘tkaziladi.
Oltita milliy terma jamoa aylanma tizimda bellashadi. Ishtirokchi davlatlar: Armaniston, Indoneziya, Malayziya, Eron, O‘zbekiston va Quvayt. Aylanma o‘yinlar Admiral Isakov muz saroyida bo‘lib o‘tadi.
13 aprel kuni soat 18:00da O‘zbekiston Quvaytga qarshi o‘ynaydi.
14 aprel kuni soat 21:00 da O‘zbekiston terma jamoasi Armaniston bilan muz ustida to‘qnashadi.
16 aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston - Eron o‘yini bo‘lib o‘tadi
17-aprel kuni soat 15:00 da O‘zbekiston va Indoneziya muz maydoniga tushadi
19 aprel kuni soat 15:00da O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi o‘yinini Malayziyaga qarshi o‘tkazadi.