locale OZ

Olti daqiqada hammasi barbod bo’ldi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olti daqiqada hammasi barbod bo’ldi
PHOTO: Telegram

3 aprel sanasida xokkey bo’yicha Toshkentning “Humo” jamoasi keyingi seriyaga chiqish yo’lidagi so’ngi imkoniyatdan foydalanish uchun “Torpedo” jamoasi bilan safarda kuch sinashishi haqida xabar bergan edik. Qiziqarli o’tgan uchrashuv natijasiga ko’ra finalga bir qadam qolganda to’xtadik.

Dastlab “Humo” ikki shayba farqi bilan oldinga o’tib oldi 0:2. Ikkinchi periodda “Torpedo” hisobni qisqartirdi 1:2. Uchinchi period boshida “Humo” o’yindagi hisobni yana ikkitaga oshirdi, 1:3. Lekin, uchrashuvning so’ngi olti daqiqasi ichida hammasi barbod bo’ldi. “Topedo” birin-ketin gollar urib 4:3 hisobidagi g’alabani ilib ketdi.

Shunday qilib xokkeychilarimiz final yo’llanmasini qo’lga kirita olishmadi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting