locale OZ

“Humo yashaydi!” — klub yopilishi haqidagi mish-mishlarga rasmiy bayonot

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

So‘nggi paytlarda Toshkentning “Humo” xokkey klubi atrofida turli gap-so‘zlar tarqaldi. Jamoa faoliyati to‘xtatilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar muxlislar orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi. Shu munosabat bilan klub rasmiy bayonot bilan chiqdi.

“Hurmatli do‘stlar, muxlislar va ‘Humo’ taqdiriga befarq bo‘lmagan yurtdoshlar!
Biz klubning kelajagiga oid yangiliklarni ancha vaqtdan beri kutayotganingizni bilamiz. Sukut savollar tug‘diradi — va biz bu savollarni eshityapmiz. Shu bois mavjud ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishni lozim deb topdik.

Avvalo, klubimizga nisbatan ko‘rsatayotgan samimiy qo‘llab-quvvatlovingiz, mehringiz va ishonchingiz uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Aynan siz — muxlislar — bizga har qanday og‘ir vaziyatda ham yo‘ldan qaytmaslik uchun kuch bag‘ishlaysiz.

‘Humo’ xokkey klubi faoliyatini davom ettiradi. Shuningdek, bolalar xokkey akademiyasi ham to‘liq ishlamoqda. Hozirda biz klubning yaqin va keyingi mavsumlardagi ishtirok formati borasida muhokamalar olib bormoqdamiz. Turli rivojlanish ssenariylari ko‘rib chiqilmoqda.

Tasdiqlangan yangiliklar paydo bo‘lishi bilan, albatta, sizlarni rasmiy ravishda xabardor qilamiz. Sizlarning e’tiboringiz, tashvishingiz va sadoqatingiz biz uchun beqiyos. Biz bilan qolayotganingiz uchun rahmat! Biz birdammiz — va aynan shu bizning eng katta kuchimizdir”.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting