locale OZ

“Humo” xokkey klubi yopilishi mumkin — moliyaviy muammolar sabab

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Humo” xokkey klubi yopilishi mumkin — moliyaviy muammolar sabab
Rasm: ХК Humo

Insayder Stepan Voronkovning Telegram-kanalida xabar berilishicha, Toshkentning “Humo” xokkey jamoasi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

Sport jurnalisti Sherzod Nurmatovning ma’lum qilishicha, klub faqat O‘zbekiston chempionatida qatnashishi ehtimoldan xoli emas. Ammo u yerda mavsum davomida 10 taga yaqin o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Jamoa rahbariyati moliyalashtirish bo‘yicha asosiy homiydan javob kutayotgani aytilmoqda. Shu bilan birga, klubning qayerda va qaysi ligada ishtirok etishi ham hali noma’lum.

Yaqin haftalarda vaziyat aniqlashishi kutilmoqda. Ayni paytda bir nechta xokkeychi jamoani tark etgan va boshqa klublar bilan shartnoma tuzib ulgurgan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting