“Humo” qo’shimcha taymdagi gol evaziga mag’lub bo’ldi
Toshkent shahridagi “Humo” arenada “Humo” hamda “Torpedo” jamoalari o’rtasidagi muhim uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu bahsning dastlabki davrasida xokkeychilarimiz unchalik ham yaxshi o’yin namoish qila olishmadi va buning natijasi hisobda ham aks etdi, 0:2. Garchand ikkinchi davrada ham yana bir gol o’tkazib yuborgan bo’lsakda, jamoamiz raqib darvozasiga jiddiy bosim o’tkaza oldi. 3-davrada kamida 3ta gol urib, darvozamiz dahlsizligini saqlab qolish vazifasi turgan edi. Tinimsiz hujumlar natijasida kambek amalga oshira oldik va hisobni 3:3 ko’rinishiga keltirdik. Biroq, qo’shimcha taymda yana bir gol o’tkazib yuborib, o’sha oltingol hisobiga mag’lubiyatga uchradik.

Shundany qilib, “Humo” yarim final yo’llanmasini qo’lga kiritish uchun ikkinchi imkoniyatni ham yo’qqa chiqardi. Endi so’ngi imkoniyatdan foydalanib ko’radigan xokkeychilarimiz seriyaning 7-turini Ust-Kamenogorskda o’tkazadi. Uchrashuv 7-aprel payshanba kuni bo’lib o’tadi.