“Humo” moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Qozog‘iston chempionatini o‘tkazib yubormoqda
Toshkent klubi Kubok va chempionatda ishtirok etmaydi, bir qator xokkeychilar jamoani tark etdi
Rasm: Gazeta.uz
Toshkentning “Humo” xokkey klubi moliyaviy muammolar sababli Qozog‘iston chempionatining navbatdagi mavsumida ishtirok etmaydi. sports24.kz xabariga ko‘ra, jamoa 22–29 avgust kunlari Qarag‘anda va O‘st-Kamenogorsk shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Qozog‘iston Kubogi ro‘yxatidan ham chiqarilgan.
Meta-ratings.kz manbasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘zbek klubi moliyalashtirish masalasida jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan. Ayrim xokkeychilar jamoani allaqachon tark etishgan.
Shu tariqa, Pro Hokei Ligasy chempionatida bu yil 10 ta jamoa ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Humo” pley-offda yarim finalgacha yetib borgan va yetti uchrashuvdan iborat dramatik seriyada “Torpedo” (O‘st-Kamenogorsk) jamoasiga mag‘lub bo‘lgan edi.
Bakradze Iman
Redaktor