locale OZ

“Humo” kelajagi qorong‘umi?

Klub xokkeychilari va xodimlari yangi mavsum haqida hech qanday ma’lumot olmagan
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

“Golovoy ob lyod” loyihasi Toshkentning “Humo” xokkey klubi vakillari bilan bog‘lanib, klubning kelgusi rejalari yuzasidan aniqlik kiritishga harakat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, bir qator xokkeychilar va klub xodimlari bilan bog‘lanilganda, ularning barchasi bir ovozdan hech kim ular bilan aloqaga chiqmaganini va yangi mavsumda jamoa ishtirok etadimi-yo‘qmi — hali ham aniq emasligini ta’kidlashgan.

Iyul oyiga qaramay, jamoa yig‘inlari uchun reja yoki tarkib haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ta’kidlash joizki, hatto bir muddat sukut saqlagan “Baris” klubi ham 1 avgustdan tayyorgarlikni boshlab, sentabr oyida “Sibir”ga qarshi o‘yin o‘tkazishini e’lon qilgan.

“Humo” klubi xodimlari bu holat ularni jiddiy xavotirga solayotganini va jamoa yangi mavsumni odatdagidek boshlaydi, degan ishonch yo‘qolganini tan olishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting