«Filadelfiya» 26 soniyada uchta gol urib, NHL tarixidagi kamyob natijani takrorladi
22–23 noyabrga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan NHL muntazam mavsum uchrashuvida «Filadelfiya Flayers» o‘z maydonida «Nyu-Jersi Devils»ni qabul qildi.
O‘yin mezbonlarning 6:3 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. Ammo eng qiziq voqea uchrashuvning o‘zida emas, balki ilk davrada qayd etilgan noyob natijada bo‘ldi.
Birinchi davrada «Filadelfiya» xokkeychilari atigi 26 soniya ichida ketma-ket uchta shayba kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich NHL tarixidagi beshinchi eng tezkor natija hisoblanadi.
Mazkur rekorddan tezroq faqat quyidagi jamoalar gol urgani qayd etilgan:
«Boston» — 20 soniya (25 fevral 1971 yil)
«Chikago» — 21 soniya (23 mart 1952 yil)
«Vashington» — 21 soniya (23 noyabr 1990 yil)
«Maruns» — 24 soniya (15 mart 1932 yil)
Bundan tashqari, «Kvebek Nordiks» ham 1990 yil 27 yanvarda 26 soniyada uchta shayba kiritgan edi.