Andijonda chim ustida xokkey bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi
Tajribali murabbiylar tomonidan olib borildi.
Фото: Спорт вазирлиги
Andijon viloyati sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida chim ustida xokkey sport turi boʻyicha mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Mazkur mashgʻulot yosh sportchilar mahoratini oshirish, ularni zamonaviy usullar asosida tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Mahorat darsi Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxasislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Fargʻona filiali xodimlari kuzatuvida oʻtkazilib, tajribali murabbiylar tomonidan olib borildi. Mashgʻulot davomida ishtirokchilarga xokkey boʻyicha zamonaviy texnika va taktikalar, amaliy koʻnikmalar chuqur oʻrgatildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist