locale OZ

Aleksandr Ovechkin shayba urdi va Stenli Kubogi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Aleksandr Ovechkin shayba urdi va Stenli Kubogi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi
Aleksandr Ovechkin shayba urdi va Stenli Kubogi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi

“Vashington Kepitalz” klubi hujumchisi Aleksandr Ovechkin Stenli Kubogi seriyasining uchinchi o‘yinida “Monreal Kanadiens”ga qarshi bahsda (3:6) gol urib, navbatdagi rekordini qayd etdi. Endi 39 yoshli hujumchining pley-off bahslaridagi shaybalari soni 75 taga yetdi. U Stenli Kubogi tarixida bu natijaga erishgan ilk rossiyalik bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 6 aprelda Ovechkin MHLning muntazam mavsumida gollar soni bo‘yicha Ueyn Gretskiyning afsonaviy rekordini yangilab, 895-shaybasini kiritgan edi (hozirda — 897). Jami uning hisobida MHLda 972 ta gol mavjud.

“Vashington” seriyada “Monreal” ustidan 2:1 hisobida oldinda bormoqda. Keyingi uchrashuv 28 aprel kuni o‘tkaziladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting