Aleksandr Ovechkin ilk bor Mark Messe mukofotiga sazovor bo‘ldi
"Washington Capitals" jamoasi hujumchisi, rossiyalik yulduz Aleksandr Ovechkin 2024/25 mavsumi yakuniga ko‘ra MXLning nufuzi yuqori mukofotlaridan biri — Mark Messe mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu sovrin maydonda va maydondan tashqarida kuchli yetakchilik fazilatlarini namoyon etgan hamda jamoasi va jamiyatida xokkey rivojiga ulkan hissa qo‘shgan o‘yinchiga beriladi. Bu haqda liganing matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etish joizki, Ovechkin bunga qadar ushbu mukofotga hech qachon sazovor bo‘lmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli forvard joriy mavsumda Ueyn Gretskiyning rekordini yangilab, MXL tarixidagi eng ko‘p gol urgan o‘yinchiga aylandi. Gretskiy faoliyati davomida 894 ta shayba kiritgan bo‘lsa, Ovechkin hisobida hozirda 897 ta gol mavjud.
Shunga qaramay, "Vashington" pley-offning ikkinchi bosqichidan uzoqqa yura olmadi va "Кarolina Hаrrikeynz" jamoasiga 1:4 hisobidagi seriyada mag‘lub bo‘ldi.