locale OZ

2030 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionati Finlandiya va Latviya mezbonligida o‘tkaziladi

Bu haqda Finlandiya xokkey ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Xokkey
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
2030 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionati Finlandiya va Latviya mezbonligida o‘tkaziladi
ФОТО: Getty images

2030 yilgi xokkey bo‘yicha jahon chempionati Xelsinki va Rigada bo‘lib o‘tadi, deb xabar bermoqda Finlandiya xokkey ittifoqi matbuot xizmati.

Bunday qaror Xalqaro xokkey federatsiyasi kongressida qabul qilindi. Finlandiya xokkey ittifoqi rahbari Heikki Hietanening ushbu qarorga munosabati ham bildirildi.

"Qaror qabul qilinishi bilan musobaqaga tayyorgarlikni boshlash mumkin. Xelsinki shahri, arena va boshqa asosiy manfaatdor tomonlar jarayonga yuqori ishtiyoq bilan jalb etilgani hozirdanoq ayon — poytaxt mintaqasida shaybali xokkey bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish kutilgan voqea edi", — deya Hietanenning so‘zlarini keltiradi Finlandiya xokkey federatsiyasi matbuot xizmati.

Musobaqalar 2030 yilning 17-mayidan 2-iyuniga qadar davom etadi. Har ikki shahar alohida guruh o‘yinlari va chorak final uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Yarmi final bahslari, shuningdek, final va uchinchi o‘rin uchun bellashuv Xelsinkida o‘tkaziladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting