locale OZ

Zulfiqarov va Husanov yana uchrashdi

Belarusdagi sobiq jamoadoshlar yana birga suratga tushishdi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Qozog‘istonning “Atyrau” jamoasi hujumchisi Bakdaulet Zulfiqarov “Manchester City” himoyachisi Abduqodir Husanov bilan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

“Yuragimda alohida o‘rin egallaydigan insonlar”, — deb yozdi futbolchi Instagram’da.

Ikki futbolchi avvalroq Belarusning “Energetik-BGU” klubida birga to‘p surishgan. U yerda ular ma’lum vaqt davomida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov 2025 yil qishida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester City” safiga o‘tgandi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting