Zommer: \"PSJ bilan o‘yinda bizga jasorat yetishmadi\"
U final borasida o‘z fikrlarini bildirdi
Photo: Getty Images
"Inter" darvozaboni Yann Zommer UEFA Chempionlar ligasi finalida “PSJ”ga (0:5) qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Raqib haqli ravishda g‘alaba qozondi. "PSJ" ajoyib o‘yin namoyish etdi. Bizga jasorat yetishmadi, ularga ortiqcha erkinlik berib yubordik.
0:5 hisobidagi mag‘lubiyat juda og‘riqli. Bu juda alamli natija. Hafsalamiz pir bo‘ldi", – deya shveytsariyalik darvozabonning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist