locale OZ

Zlatko Dalich BAA terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

Bu haqda BAA Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zlatko Dalich BAA terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi
ФОТО: Getty images

Xorvatiya terma jamoasini deyarli to‘qqiz yil boshqargan Zlatko Dalich BAA milliy jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda BAA Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.

«Xush kelibsiz, Zlatko Dalich! BAA Futbol assotsiatsiyasi xorvatiyalik mutaxassisning milliy terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini mamnuniyat bilan ma'lum qiladi», — deyiladi assotsiatsiya bayonotida.

Dalich BAA terma jamoasida Cosmin Olăroiu o‘rnini egalladi. Olăroiu 2026 yilgi Jahon chempionati saralashidagi omad­szilikdan so‘ng may oyida iste’foga chiqarilgan edi.

59 yoshli Dalich iyul oyida Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagandi. U 2017 yildan 2026 yilgacha jamoani boshqarib, xorvatlarni 2018 yilgi Jahon chempionati finaliga olib chiqqan. Shuningdek, Xorvatiya Dalich qo‘l ostida 2022 yilgi JCh bronza medali va 2022/23 yilgi Millatlar ligasi kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting