locale OZ

Zlatan Ibragimovich va Tayson Fyuri Angliya klubini sotib olish ustida ish olib bormoqda

Bu gʻoya har ikki sportchining Polshadagi uchrashuvidan soʻng paydo boʻlgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Zlatan Ibragimovich va Tayson Fyuri Angliya klubini sotib olish ustida ish olib bormoqda
FOTO: Getty Images

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri va shved futboli afsonasi Zlatan Ibragimovich Angliyaning «Morkam» futbol klubi xo‘jayinlariga aylanishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, klubni sotib olish g‘oyasi har ikki sportchining Polshadagi uchrashuvidan so‘ng paydo bo‘lgan. U yerda ular futbol bo‘yicha jahon chempionati bilan bog‘liq reklama kampaniyasida birga ishlashgan. Suhbat davomida klubni sotib olish va loyihani yanada rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilingan.

Manbalarga ko‘ra, jamoani xarid qilishdan tashqari, Fyuri va Ibragimovich Netflix platformasida dastlabki nomi «Morkamning parvozi» («The Rise of Morecambe») bo‘lgan hujjatli serialni ishga tushirishni rejalashtirishmoqda. Ushbu loyiha Gollivud aktyorlari Rayan Reynolds va Rob Makelxenni sotib olganidan keyin Angliyaning eng ko‘p muhokama qilinadigan klublaridan biriga aylangan «Reksem» muvaffaqiyatini takrorlashi kutilmoqda.

Tayson Fyurining «Morkam» bilan shaxsiy aloqalari bor, chunki u ushbu klub joylashgan shaharda istiqomat qiladi, uning mashg‘ulot bazasi ham jamoa stadionida joylashgan. Shuningdek, u o‘zining «Fyurilar oilasi» («At Home with the Furys») nomli oilaviy loyihasi orqali Netflix bilan hamkorlik qilish tajribasiga ega.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting