Ziyod Mashrapov — «Andijon» klubining yangi bosh direktori
"Andijon" klubi yangi bosh direktorini e'lon qildi.
Avval klub bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan Elbek Samatovning sport direktori lavozimiga tayinlangani munosabati bilan uning o‘rniga "Andijon" PFK bosh direktori etib Ziyod Shuhratovich Mashrapov tayinlanganini ma'lum qilamiz.
Ziyod Shuhratovich 1988 yil 11-may sanasida Andijon shahrida tug‘ilgan.
Ma'lumot uchun, Ziyod Shuhratovich buning oldin Andijonda "Asakabank", "Makrofarm Andijon MChJ" korxonalarining boshqaruv tizimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi kunda esa "MED CITY" sihatgohi rahbari.
Ziyod Shuhratovich "Andijon" klubiga befarq emas va doim jamoa uchun jonini ayamasdan, qo‘llab-quvvatlab kelayotgan tadbirkorlardan hisoblanadi.
Ta'kidlash joizki, o‘z vaqtida jamoa a'zolari muhtasham "MED CITY" sihatgohidan qarorgoh sifatida ham foydalanib kelishgan.
Biz Ziyod Mashrapovga "Andijon" klubi bosh direktori lavozimida ulkan muvaffaqiyat tilaymiz!", — deb yozadi klub matbuot xizmati.